AQLI

9 ta dars · noldan boshlanadi · dasturchi boʻlish shart emas

AI dan javob emas, ish talab qiling.

Kontentchilar va metodistlar uchun. Birinchi javobdan har juma oʻzi ishga tushadigan konveyergacha — toʻrt bosqichda.

Siz kim boʻlib ishlaysiz?

Boshlovchi emasmisiz? Unda oʻrtadan kirishingiz mumkin

Noldan proga — toʻrtta bosqich

Har bosqich bitta aniq natija bilan tugaydi.

Oldingisini tugatmasdan keyingisiga oʻtish shart emas — lekin oʻtsangiz, nega ishlayotganini bilmay ishlaysiz.

Yerdagi nuqtadan boshlanib, har birida bayroq turgan toʻrtta pogʻona
1

Bosqich

Birinchi natija

Bugun oʻzingiz ishlatib, birinchi tayyor matnni olasiz.

Hech qachon ishlatmagan boʻlsangiz ham shu yerdan boshlanadi. Nimani ochish, nima deb yozish, javob kelganda nima qilish.

  1. 1Birinchi 20 daqiqaHech qachon AI ishlatmagan boʻlsangiz — shu yerdan boshlanadi. Nimani ochish, nima deb yozish va javob kelganda nima qilish.8 daqiqa
  2. 2Prompt qonunlari: oltita qismli briefSifatni sifatlar bilan tushuntirib boʻlmaydi. Oltita qismli brief va oʻz matningiz — natijani tasodifdan chiqaradigan ikki narsa.12 daqiqa
2

Bosqich

Nega bunday chiqdi

Natija tasodifiy boʻlishdan toʻxtaydi — sababini bilasiz.

Birinchi bosqichda qoidalarni qoʻlladingiz. Endi nega ular ishlashini koʻrasiz: model ichida nima boʻladi va hisob nimadan yuritiladi.

  1. 3Model ichida nima boʻladiModel javobni bazadan qidirmaydi — u matnni davom ettiradi. Shu bitta jumla nega u ishonch bilan yolgʻon yozishini tushuntiradi.9 daqiqa
  2. 4Tokenni sanash, limitni tushunish, pulni tejashPul qayerga ketadi va nega bir xil ish oʻzbekchada qimmatroq turadi. Uchta odat hisobni sezilarli kamaytiradi.11 daqiqa
3

Bosqich

Toʻgʻri tanlov

Har ishga mos vosita, model va rejimni oʻzingiz tanlaysiz.

Bitta ish uchun uchta qaror bor. Uchalasini toʻgʻri qilsangiz, xuddi shu topshiriq ikki barobar tez va arzon bajariladi.

  1. 5Uchta eshik: chat, Claude Code, CoworkBitta ish uchun uchta eshik bor. Notoʻgʻrisini tanlasangiz, natijani oxirigacha qoʻlda koʻchirib yurasiz.11 daqiqa
  2. 6Toʻrtta Claude modeli va toʻgʻri tanlovToʻrtta model, toʻrt xil narx. Sarlavha yozishga eng arzoni yetadi, dars dasturiga esa yetmaydi.9 daqiqa
  3. 7Rejimlar: effort, plan mode, ultracodeNatijaning yarmi promptga emas, tanlangan rejimga bogʻliq. Bitta burama — model qancha mehnat qilsin.9 daqiqa
4

Bosqich

Ishni topshirish

Ish oʻzi yuradi — siz faqat oxirida tasdiqlaysiz.

Bu yergacha siz soʻradingiz, u javob berdi. Endi unga qoʻl beriladi: fayl, kanal, jadval bilan ishlaydi va belgilangan vaqtda oʻzi ishga tushadi.

  1. 8MCP va Skills: agentni ish stolingizga ulashUlanmagan assistent faqat gapira oladi. Ulangani papkangizni ochadi, kanalingizga yozadi va oʻzi qidiradi.11 daqiqa
  2. 9Qoidalarni yozing, ruxsatni sozlang, avtomatlashtiringBir gapni ikkinchi marta yozayotgan boʻlsangiz — uni chatga emas, faylga yozing. Va ishni oʻz-oʻzidan yuradigan qiling.14 daqiqa

Yoʻlning oxiri

9-dars tugagach, kurs tamom

Shu yergacha kelgan odam oʻz ishida takrorlanadigan bitta vazifani agentga topshirib, natijani tekshirib qabul qila oladi. Kursning vaʼdasi shu — bundan nariga oʻtish majburiy emas.

Davom etmoqchi boʻlsangiz, ikkita ixtiyoriy yoʻl bor: agentlar qoʻllanmasi — chuqurroq sozlash; tanlangan kurslar — boshqa mualliflarning videolari.

Har bir dars uch qismdan iborat

Tartib hech qachon oʻzgarmaydi.
Shuning uchun adashib qolmaysiz.

Ochiq kitob va uning ustidagi lupa
1

Oʻqiysiz

Dars boshida: nima kerak va oxirida nima qila olasiz.

Blankning oʻrta qatoriga yozayotgan qalam uchi
2

Qilasiz

Har darsda oʻqish toʻxtaydi va oʻz haqiqiy ishingiz bilan mashq boshlanadi. Oʻylab topilgan misol yoʻq — kursning butun maʼnosi shu yerda.

Uchta katagi ham belgilangan roʻyxat
3

Tekshirasiz

Oxirida oʻzingizni belgilaysiz. Belgilanmagani qolsa — oʻtmaysiz.

Toʻrtinchi bosqichdan keyin

Bitta xabar — oltita ish

Hozir bu murakkab koʻrinsa — tashvishlanmang, shu yerga toʻqqizinchi darsda yetib kelasiz. Quyida haqiqiy topshiriq: bitta xabar yubordingiz va uyqudan turgunizcha nima boʻldi.

Oltita rasm — oltita ish.
Pastda natijaning oʻzi turibdi.

Siz shuni yozdingiz — boshqa hech narsa qilmadingiz

“Telegram kanalim uchun «IELTS Speaking» mavzusida 3 ta post yoz. Har biri 400 belgidan oshmasin. Yozishdan oldin imtihon formatida oxirgi oʻzgarish boʻlganini tekshir. Kanal uslubi alohida faylda saqlangan.”

Mana u nima qildi

  1. Xabaringizni oldi
    1
    Xabaringizni oldi

    Bittagina xabar — qolgani unga qoldi.

  2. Internetdan tekshirdi
    2
    Internetdan tekshirdi

    Imtihon formati oʻzgarmaganini bilib oldi.

  3. Uslub faylingizni oʻqidi
    3
    Uslub faylingizni oʻqidi

    «Sen» deb yozish kerakligini oʻsha yerdan bildi.

  4. Eski postlaringizni koʻrdi
    4
    Eski postlaringizni koʻrdi

    Hammasi savol bilan boshlanishini payqadi.

  5. Uchta postni yozdi
    5
    Uchta postni yozdi

    Har biri 400 belgidan qisqa.

  6. Papkangizga saqladi
    6
    Papkangizga saqladi

    Uch fayl tayyor turibdi.

Papkangizga tushgan birinchi post

IELTS Speaking’da eng koʻp yiqiladigan joy — ikkinchi qism. Sen bir daqiqa tayyorlanasan, keyin ikki daqiqa gapirasan. Koʻpchilik shu ikki daqiqani toʻldirolmay qoladi. Bitta usul bor: tayyorgarlik daqiqasida javobni yozma — uchta soʻz yoz. Kim, qayerda, nega. Gapirayotganda shu uchtasi seni ushlab turadi. Ertaga sinab koʻr va nima boʻlganini yozib qoʻy.

Yana ikkitasi ham shu ohangda, shu papkada. Chatda bularning hammasini siz qilar edingiz: oʻzingiz qidirar, oʻzingiz uslubni eslatar, javobni nusxalab faylga solar edingiz.

Qancha vaqt ketadi
Toʻqqiz dars, jami 93 daqiqa oʻqish va taxminan ikki soat mashq. Kuniga bittadan olsangiz — bir yarim hafta.
Pul toʻlash kerakmi
Birinchi bosqich uchun yoʻq: bepul reja yetadi. Uchinchi va toʻrtinchi bosqichdagi baʼzi imkoniyatlar pulli rejada ochiladi.
Dasturlash bilishim kerakmi
Yoʻq. Kursda bitta ham dastur yozilmaydi. Fayl va papka bilan ishlashni bilsangiz — yetarli.
Birinchi darsdan boshlash