AI bilandarslik
Agentlar qoʻllanmasi

Terminal orqali ishlatish

Claude Code'ning buyruq satri varianti. Desktop bilan bir xil dvigatel, faqat oynasiz — va koʻpchilikka umuman kerak emas.

Qisqa javob. Claude Desktop'ni oʻrnatgan boʻlsangiz, Claude Code allaqachon sizda bor. Node.js ham, terminal ham alohida oʻrnatilmaydi. Bu sahifa faqat buyruq satri kerak boʻlgan holatlar uchun.

01Kimga

Sizga kerakmi

  • kerak emas

    Terminal nima ekanini bilmayman

    Bu sahifa sizga kerak emas. Orqaga qayting va Desktop bilan ishlang — ichida xuddi shu dvigatel bor.

  • kerak emas

    Kontent yoki metodik ish qilaman

    Desktop hamma narsani beradi: papka biriktirish, tasdiq soʻrovlari, buyruqlar, ulanishlar. Terminal qoʻshimcha hech narsa qoʻshmaydi.

  • kerak

    Serverda yoki masofadagi mashinada ishlayman

    U yerda oyna yoʻq. Buyruq satri yagona yoʻl.

  • kerak

    Ishni jadval boʻyicha avtomat ishga tushirmoqchiman

    Skript ichidan chaqirish uchun buyruq satri kerak boʻladi.

02Oʻrnatish

Buyruqlar

Terminalni oching va oʻz tizimingizga mos qatorni koʻchiring. Windows uchun PowerShell varianti alohida.

TerminalNusxa koʻchiring va bittalab bajaring
# macOS, Linux va WSL uchun
curl -fsSL https://claude.ai/install.sh | bash

# Windows PowerShell uchun
irm https://claude.ai/install.ps1 | iex

# Oʻrnatilganini tekshirish
claude --version      # masalan: 2.1.211 (Claude Code)
claude doctor         # sozlamalarni tekshiradi va muammoni koʻrsatadi

# Ish papkasida ishga tushirish
claude

Oʻrnatilgandan keyin ish papkangizga kirib claude deb yozasiz. Boshqa hamma narsa — yoʻriqnoma, namunalar, ruxsatlar, ulanishlar — Desktop bilan bir xil ishlaydi va bir xil fayllarni oʻqiydi.

03Taqqoslash

Desktop va terminal

DesktopTerminal
DvigatelBir xilBir xil
SozlamalarCLAUDE.md, skills, ulanishlarXuddi oʻshalar — umumiy
Oʻzgarishni koʻrishRangli farq oynasiMatn koʻrinishida
Bir nechta seansYon panelda yonma-yonHar biriga alohida oyna
OʻrnatishBitta faylBuyruq satridan
Agentlar qoʻllanmasiga qaytish